I/O nima? .io domeni nimani anglatadi va nega shavkatov.io?
Input va Output. Kirish va chiqish. Texnik tushuncha, lekin hayotga ham mos.
AyTi’da I/O degan tushuncha bor. Input va Output. Ya’ni kirish va chiqish.
Eng oddiy misol bilan:
Klaviaturada bosilgan tugma - input.
Ekranda paydo bo’lgan belgi - output.
Texnik tomondan I/O shu.
O’ylashimcha, hayotimiz ham xuddi shunday ishlaydi. Bir tomondan ma’lumot keladi. Ikkinchi tomondan fikr shakllanadi. Ba’zilar ketadi, ba’zilar qoladi. Xullas…
Shavkatov.io dagi yozuvlar ham shundan paydo bo’lgan. Fikrlar tayyor holatda emas, jarayonda yoziladi. Qanday kelgani va qanday o’zgargani bilan birga.
Bu yerda kirish ham bor, chiqish ham bor.
Lekin domen sifatida .io umuman boshqa narsa, rasmiy jihatdan alohida hududga tegishli nom.
Ma’lumot uchun: .io - Britaniya Hind Okeani hududiga tegishli davlat domeni. AyTi dunyosida u ko’pincha texnik loyihalar va mahsulotlar bilan bog’lanadi.
Norasmiy jihatdan esa unga qanday ma’no berishimizga bog’liq.
ga o'tasizmi?